Toshkent shahar hokimligi «Istiqlol» majmuasi loyihasi maketini taqdim etdi (foto)

Toshkent shahar hokimligi «Istiqlol» majmuasi loyihasi maketini taqdim etdi (foto)

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 13 fevral kuni «Moviy gumbazlar» restorani yonidagi xiyobonda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning OAV va jamoatchilik vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida “Istiqlol” majmuasida o‘rnatiladigan stelaning joylashuv o‘rni maketi taqdim etilishi aytib o‘tilgan.

Bugun, 17 fevral kuni «Moviy gumbazlar» restorani yonidagi xiyobonga maket olib kelinib, joylashtirilmoqda.

“Jamoatchilik vakillari xiyobonga kelib, maket bilan tanishishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, «Moviy gumbazlar» restorani yonidagi xiyobon buzilishi mumkinligi to‘g‘risida tasdiqlanmagan xabarlar ortidan xiyobon atrofidagi axoli tomonidan noroziliklar bildirilgan edi.

Aholi bilan uchrashgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Faqat shu joyda ishlar olib boriladi. Stela atrofidagi perimetr obodonlashtiriladi, qolgan xiyobon hududining bir metriga ham, bironta daraxtga ham tegilmaydi”, degan edi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar