Markaz ekspertlari poytaxtda so‘nggi yillarida yuz bergan faol islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlarini taqdim etdi.
2017-2020 yillar davomida poytaxtning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 36 foizga oshib, 37 trln. so‘mdan 97,5 trln so‘mga yetdi.
Shu davr mobaynida YaHMning sanoat va qurilish sohasi 30,3 foizdan 39,1 foizga o‘sdi.
Bozor xizmatlari 30 foizga ko‘payib, 29,7 trln. so‘mdan 79,9 trln so‘mga yetdi.
So‘nggi besh yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 23,5 trln so‘mdan 66,2 trln so‘mga yetib, 30 foizga oshdi.
Poytaxtda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2016 yildagi 47,2 ming donadan 2020 yilda 86,8 ming donaga 84 foizga ko‘paydi.
Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 103 km suv ta’minoti tarmoqlari yotqizildi.
Shu davr mobaynida 765 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
O‘tgan besh yil davomida poytaxtda 4 844 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 3,8 ming o‘rin, maktablarda 39,7 ming o‘rin, shifoxonada 2,4 ming o‘ringa mo‘ljallangan koyekalar joylashtirildi.
Izoh qoldirish