Toshkent viloyatida nooziq-ovqat bozorlari va ovqatlanish shoxobchalari yopiladi

Toshkent viloyatida nooziq-ovqat bozorlari va ovqatlanish shoxobchalari yopiladi

Bugun Nurafshon shahrida Rustam Xolmatov rahbarligidagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

24 martdan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatiladi.

Karantin talablariga rioya etmay, xo‘randalarni qabul qilishda davom etayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga nisbatan choralar kuchaytiriladi.

Korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z ishchi-xodimlari uchun tibbiy-gigiyenik vositalar jamg‘arilishi, hududda sanitar-tozalash, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirilishi majburiy hisoblanadi.

Shahar va tuman hokimliklari tomonidan uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘riladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar