Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochiladi

Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochiladi

2020 yilning 11 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Hovsep Voskanyan bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, qo‘shma tadbirlarni, jumladan, Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, Toshkent shahrida Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochish masalalari muhokama qilindi.

Mart oyining ilk kunlarida Toshkent investitsiya forumi o‘tkaziladi

Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishini, xususan, o‘tgan yili 980 mln. dollarini tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 26 foizga oshishini ijobiy baholadi.

Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining 5-6-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent investitsiya forumida ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirgan xalqaro biznes uchrashuvlari uchun eng yirik maydonga aylanishi kutilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar