21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.
Farmonga ko‘ra, propiska tizimida quyida o‘zgarishlar ro‘y berdi:
- Toshkentdan uy sotib olish uchun propiska talab qilinmaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahridan uy sotib olinganda olganda undiriladigan oshirilgan qiymatdagi davlat boji (mulkning 5 foizi) bekor qilinadi;
- Endilikda propiska huquqiga ega tashkilot va idoralarning tavsiyasi bilan propiskaga ega bo‘lgan xodimlar o‘sha idora va tashkilotdagi lavozimidan ketgan taqdirda ham “propiska”si bekor bo‘lmaydi;
- Propiska olish uchun er (xotin) nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashashiga doir talab bekor bo‘ladi (qonun loyihasi kiritilmoqda);
- Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolar ma’lum muddat boshqa hududda yashab, Toshkent shahri va qaytib kelganda shartlarsiz qayta doimiy ro‘yxatga olinadi (qonun loyihasi kiritilmoqda);
- Oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga turish huquqini ega bo‘ladi (qonun loyihasi kiritilmoqda);
- 2020 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda ham “Yagona darcha” tamoyili asosida DXA bo‘limlari tomonidan propiskaga qo‘yish tizimi joriy etiladi;
- Ro‘yxatga olish fuqaroning xohishiga ko‘ra ichki ishlar organlari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bir kun ichida amalga oshiriladi.
- Toshkent shahri va viloyatida doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati 10 kundan 15 kunga o‘zaytirildi;
- Doimiy ro‘yxatni rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga shtamp bosish amaliyotidan voz kechiladi;
- Harbiy xizmatga majburlarning doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish, ro‘yxatdan chiqish idoralararo elektron dastur orqali amalga oshiriladi;
- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar FHDYo organining o‘zida tug‘ilish haqidagi guvohnoma berish jarayonida otasi yoki onasining yashash manzili bo‘yicha doimiy propiska ega bo‘ladi;
- Toshkent shahri va viloyatida joylashgan davlat idoralarida 5 yil uzluksiz ishlagan xodim va mutaxassislar doimiy ro‘yxatga olinadi;
- Uy-joy sotib olmagan fuqarolar notarial idoralarga murojaat qilganda ulardan propiska talab qilinmaydi;
- Farmondagi vazifalar ijrosi borasidagi qonun loyihasi yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi;
- Qonun loyihasi bilan kiritilishi ko‘zlangan asosiy o‘zgarishlar «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga daxldordir.
Izoh qoldirish