O‘zbekistonda turizm: pandemiyani yengish yo‘lida
Turizm inqirozi muammolarini hal qilish va ushbu sohani qayta tiklash uchun nafaqat turizmning o‘zi foyda keltirishini, balki turizm infratuzilmasidan olinadigan daromadlar ham muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olish zarur. Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda “O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan” loyihasi ishlab chiqildi. O‘zbekistonda turizmni jonlantirish bo‘yicha nafaqat yuqorida qayd etilgan, balki boshqa chora-tadbirlar ham joriy etildi.
Izoh qoldirish