UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit to‘g‘risida kelishuv imzoladi

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit to‘g‘risida kelishuv imzoladi

«UzAuto Motors» AJ hamda Credit Suisse AG kompaniyaning London bo‘limi 150 mln yevrogacha bo‘lgan summada xalqaro sindikatlashgan kredit to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi AQ-4397-sonli “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, UzAuto Motors eng yaxshi jahon tajribalariga asoslangan zamonaviy boshqaruv uslublarini tatbiq etish ustida faol ishlamoqda.

Kelishuv doirasida olingan mablag‘lar UzAuto Motorsning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga, zavodni modernizatsiyalash va texnik jihozlashga va aylanma mablag‘larni oshirishga yo‘naltiriladi. Bu investitsiya loyihalarini amalga oshirish UzAuto Motors ga GEM plaftormasida General Motors ning yangi modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Xalqaro sindikatlashgan kredit to‘g‘risidagi kelishuvning imzolanishi UzAuto Motors uchun xalqaro sindikatlashgan kreditlash debochasi sifatida ramziy ma’no anglatdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar