2024 yil 7-9 fevral kunlari Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu Belarus Prezidentining 1994 yildan buyon O‘zbekistonga uchinchi rasmiy tashrifidir. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini qabul qilish, jumladan, Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi imzolanishi kutilmoqda.
Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1993 yilda o‘rnatilgan. O‘tgan yili tomonlar respublikalar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonladilar. Shu vaqt ichida mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish, mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik va boshqa kelishuvlarni o‘z ichiga olgan mustahkam huquqiy baza ishlab chiqildi.
Qayd etish lozimki, O‘zbekiston va Belorus o‘rtasidagi o‘zaro savdo 1993 yilda imzolangan "Savdo munosabatlari" to‘g‘risidagi ikki tomonlama va 2011 yilda tuzilgan "MDH erkin savdo hududi" to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama bitimga muvofiq bojsiz asosda amalga oshiriladi. Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy bazasi 75 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlarni o‘z ichiga oladi.
Belarus va O‘zbekiston xalqaro maydonda ham konstruktiv hamkorlik qilib, xalqaro tashkilotlar organlariga saylovlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 2017 yildan boshlab mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tdi.
Hamkorlikning zamonaviy jihatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha 12 ta hukumatlararo va idoralararo shartnomalar imzolandi, Belarus va O‘zbekiston mintaqalarining birinchi forumi, «Made in Uzbekistan» O‘zbekiston mahsulotlari milliy ko‘rgazmasi va O‘zbekiston madaniyati kunlari tashkil etildi.
O‘shanda O‘zbekiston Prezidenti ta’kidlagandi: "Belarus va O‘zbekiston o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istagida. Endi biz kelajakda hamkorlik qilishimiz mumkin bo‘lgan o‘sish nuqtalaridan o‘tishimiz kerak. Bizda ular juda ko‘p".
Ma’lumot uchun, tashrif arafasida Toshkent shahrida ikki mamlakat hududlari va tadbirkorlari ishtirokida qator ishbilarmonlik tadbirlari – Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, unda Belarus mintaqalari va ishbilarmon doiralarining 150 dan ortiq vakillari ishtirok etadi.
Forumning joriy kun tartibidan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va mamlakatlar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday tadbirlar ikki mamlakat hududlari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, uzoq muddatli sheriklik, o‘zaro manfaatdorlik va bir-birining manfaatlarini hisobga olishga asoslangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga muhim hissa qo‘shmoqda.
O‘zaro savdo va investitsiyalar
Geografik masofaga qaramay, O‘zbekiston va Belorus savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga ega.
Belarus tashqi savdo hajmi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yirik 20 taasosiy savdo sheriklari qatoriga kiradi. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishida ijobiy tendensiya kuzatilmoqda.
2017-2023 yillarda O‘zbekistonning Belarus bilan tovar ayirboshlash hajmi 3,4 barobarga oshib, 620,1 mln.dollarga, eksport hajmi 4,3 barobarga oshib, 119,0 mln.dollarga, import hajmi esa 3,2 barobarga oshib, 501,1 mln. dollarga yetdi.
Bu davrda Belarusning O‘zbekiston tashqi savdosidagi ulushi ham oshdi va 1%dan ko‘proqni tashkil etdi. Vaholanki, davlatlarimiz rahbarlari tomonidan belgilangan – o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish uchun barcha zarur shart-sharoit mavjud.
Ta’kidlash joizki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash xomashyo bilan emas, asosan, ishlab chiqarish sanoatining tayyor mahsulotlari bilan ifodalanadi.
V 2023 godu v strukture eksporta v Belarus 37% – zanyala gotovaya odejda, 18% – razlichnie tkani i pryaja, 17% – plodoovoshnaya i pishevaya produksiya, 7% – elektrotexnicheskiye tovari, 5% – razlichnie gotovie izdeliya i drugiye.
2023 yilda Belorusga eksport tarkibini kiyim-kechak – 37%ni, turli mato va ip-kalavalar – 18%ni, meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari – 17%ni, elektrotexnika mahsulotlarini – 7%ni, turli xil tayyor mahsulotlar va boshqalar – 5%ni tashkil qildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, Belorus bozoriga uchinchi mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarni yetkazib berishni ko‘paytirish uchun hali amalga oshirilmagan eksport salohiyati mavjud. Bular to‘qimachilik mahsulotlari, mis mahsulotlari, ayrim turdagi elektrotexnika mahsulotlari, meva va sabzavotlar, shu jumladan, quritilgan mevalar, avtomobillar va boshqalar.
O‘zbekistonning Belorusga eksporti hajmi import hajmiga nisbatan 4-5 barobar kamligini hisobga olsak, foydalanilmayotgan eksport salohiyatini ro‘yobga chiqarish o‘zaro savdo-sotiqni muvozanatlashtirishi mumkin.
O‘z navbatida, Belarusning yog‘ochsozlik va elektrotexnika sanoati, go‘sht, sut mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va boshqa tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekistonda xaridorgir.
Ikki tomonlama savdo hajmini, asosan, mamlakatlarimiz uchinchi dalatlardan import qilinadigan tayyor mahsulotlar hajmini yanada oshirish va buning uchun iqtisodiyotlarimizning bir-birini to‘ldiruvchi omilidan foydalanish zarur.
Kooperatsiya aloqalari salohiyati
O‘zaro savdodan tashqari, investitsiyaviy hamkorlik va ishlab chiqaruvchilarimiz o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish ham o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Investitsiyaviy hamkorlik sohasida ham ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. 2017 yildan buyon O‘zbekistonda Belarus kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qariyb 10 barobar oshdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 209 ta shunday korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 63 tasi qo‘shma korxona va 146 tasi yuz foiz Belarus kapitaliga ega.
Belarus investitsiyalari hajmi kichik hajmlarga qaramay, o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi qayd etildi. 2020 yilda Belarus investitsiyalari hajmi 5,8 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda – 7,5 mln. dollar, 2022 yilda – 12,1 mln. dollar va 2023 yilning 9 oyida bu ko‘rsatkich 18,1 mln.dollardan oshdi.
Belarus investitsiyalarining asosiy yo‘nalishlari to‘qimachilik mahsulotlari, xususan, tayyor kiyim-kechak, charm, farmatsevtika mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, shuningdek, o‘simlik va chorvachilik mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni ishlab chiqarishdir
O‘z navbatida, Belarus hududida O‘zbekiston investitsiyalari ishtirokidagi yuzdan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida uchta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda: buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar uchun dializator to‘plamlari va dializ liniyalari ishlab chiqarish, antibiotiklar, shuningdek antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar ishlab chiqarish.
Yengil sanoat sohasida Bularus an’anaviy ravishda O‘zbekistonda katta hajmdagi ip-kalava, trikotaj matolar va tayyor kiyimlarni sotib oladi.
IT-xizmatlar eksporti sohasida O‘zbekiston IT-parki va Belarus yuqori texnologiyalar parki o‘rtasida o‘zlashtirilmagan katta salohiyat mavjud.
Ishonch bilan aytish mumkinki, bojsiz savdo rejimi, shuningdek, bir-birini to‘ldiruvchi iqtisodiyot tarmoqlarining mavjudligi mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida savdo-iqtisodiy hamkorlik va kooperativ hamkorlikni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston va Belorus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik hozirgi kunda jadal rivojlanmoqda va kelajakda o‘zaro manfaatli hamkorlikning barcha yangi sohalarini qamrab oladigan, ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtiradigan va iqtisodiyotning istiqbolli va o‘zaro manfaatli sohalarida ko‘proq qo‘shma korxonalar tashkil etadigan katta amalga oshirilmagan imkoniyatlarga ega.
Belorus rahbarining O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ushbu jarayonlarda yana bir muhim bosqichga aylanadi va iqtisodiy va kooperatsion aloqalarni yanada kengaytiradi, shuningdek, ikki mamlakat xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiradi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish