Jahon banki Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning ta’sirini yumshatish bo‘yicha dasturni amalga oshirish uchun 19 mln. dollar miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi.
Yashil iqlim fondining ushbu yordami Fondning hamkori sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Jahon banki orqali taqdim etiladi.
Dastur Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi, Tojikiston hukumati huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
"Qo‘shimcha mablag‘ Tojikiston va O‘zbekiston qishloq aholisining eng zaif guruhlari orasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning ta’sirini yumshatish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi", - deyiladi Jahon banki bayonotida.
Avvalroq, Jahon banki O‘zbekistondaiqlim o‘zgarishiga moslashish dasturini amalga oshirish uchun 14 million dollar, Tojikistonga esa 9 million dollar ajratgan edi
Markaziy Osiyoga Yashil iqlim fondidan birinchi marta moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda.
Iqlim o‘zgarishiga moslashish dasturi 2016 yildan boshlab amalga oshirilmoqda. 15 mingdan ortiq kishi uning benefitsiaiga aylandi, 4,3 mingta yangi ish o‘rni yaratildi.
Izoh qoldirish