Avgust oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi ijobiy o‘sish dinamikasini saqlab qoldi

Avgust oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi ijobiy o‘sish dinamikasini saqlab qoldi

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2025 yilning avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foizga ortib, 1029 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 7foizga kamaygan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 14,2 foizga ortgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,4 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 15,0 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2025 yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 9 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Sirdaryo (72,3 %), Navoiy (45,5 %), Andijon (38,3 %) viloyatlari va Toshkent shaxrida (36,7 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (grafik №2).

Biroq, Ishbilarmonlik faolligi indeksi Xorazm (11,5 %), Jizzax (11,0 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (7,5 %), Surxondaryo (6,0 %) va Buxoro (5,5 %) viloyatida kamaygan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2025 yil avgust oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 045,1 ming tani tashkil etdi va 2025 yilning iyul oyiga nisbatan 456,7 ming tranzaksiyaga (7%) kamaygan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 ta xududda ortgan.

2025 yil avgust oyida respublikaning 5 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Qashqadaryo (8,4 %), Samarqand (5,3 %), Buxoro (1,7 %) va Sirdaryo (0,7%) viloyatida o‘sish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2025 yilning avgust oyida IFIning birja komponenti 1,1422 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 14,2 foizga ortganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 41,1 foizga va tuzilgan bitimlar soni 12,7 foizga kamayganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025 yil avgust oyida 6 635,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga kamaygan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2025 yil avgust oyida 1,0038 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,4 foizga ortgan.

2025 yil avgust oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (488 584 birlik) nisbatan 2 038 birlikka ortib, 490 622 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 23 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 392 415 tadan 395 603 taga ortgan (o‘sish 3188 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 92 198 tadan 91 025 tagacha (-1173 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 994 tani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 23 taga ortgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2025 yil avgust oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 0,8504 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 15 foizga kamaygan. 2025 yilning avgust oyida yuridik shaxslar tomonidan 398 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1029

0,9298

1,1422

1,0038

0,8504

Sirdaryo viloyati

1723

1,0072

1,8176

1,0178

14,0000

Navoiy viloyati

1455

0,9155

2,0000

0,9740

4,0000

Andijon viloyati

1383

0,9634

2,0000

0,9809

1,0000

Toshkent shahri

1367

0,9192

2,0000

1,0229

0,6794

Toshkent viloyati

1169

1,0054

1,3957

1,0096

1,2188

Qashqadaryo viloyati

1131

1,0840

1,2229

1,0072

1,3636

Namangan viloyati

1077

0,9620

1,2141

1,0109

1,0667

Farg‘ona viloyati

1061

0,8941

1,2370

1,0061

1,0769

Samarqand viloyati

1031

1,0525

1,0313

1,0008

1,0000

Buxoro viloyati

945

1,0166

0,8711

0,9985

0,7143

Surxondaryo viloyati

940

0,9760

0,9201

0,9957

0,3750

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

925

0,9237

0,7741

1,0078

2,3333

Jizzax viloyati

890

0,8799

0,8558

1,0092

0,6000

Xorazm viloyati

885

0,9058

0,7806

1,0132

1,0833

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1309

0,9891

1,7985

1,0204

0,6328

Sirdaryo viloyati

1548

1,1920

2,0000

1,0263

3,5000

Andijon viloyati

1413

1,3965

1,7336

0,9583

0,6500

Samarqand viloyati

1407

1,0196

2,0000

1,0167

0,8919

Namangan viloyati

1406

1,0560

2,0000

0,9922

0,6154

Toshkent shahri

1393

0,9679

2,0000

1,0920

0,4768

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1284

1,0958

1,1696

1,0139

7,0000

Qashqadaryo viloyati

1227

1,1185

1,3496

1,0531

2,1429

Buxoro viloyati

1179

1,1215

1,3867

0,9173

1,0000

Jizzax viloyati

1160

0,9838

1,4592

0,9956

0,4286

Farg‘ona viloyati

1158

0,8434

1,5510

0,9874

0,8485

Surxondaryo viloyati

1123

1,0426

1,2775

0,9884

1,0000

Navoiy viloyati

1040

0,9989

1,1636

0,9537

0,5000

Xorazm viloyati

962

0,9651

0,9435

0,9936

0,9286

Toshkent viloyati

936

0,9539

0,8515

1,0702

0,8667

Islombek Saparmatov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar