Ishbilarmonlik faolligi indeksi noyabr oyida o‘rtacha o‘sishni davom ettirdi

Ishbilarmonlik faolligi indeksi noyabr oyida o‘rtacha o‘sishni davom ettirdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2021 yil noyabr oyida 1034 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 3,4 foizga oshdi.

Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2021 yilning noyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 3,4 foizga oshib, 1034 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 6,2 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 2,0 foizga kamaygan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 4,9 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 10,6 foizga sezilarli darajada oshgan.

Hududlar kesimida Jizzax viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2021 yil noyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 13 ta hududda o‘tgan oyga (2021 yil oktyabr) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Jizzax (44,3%), Buxoro (43,7%), Surxondaryo (42,6%), Andijon (40,0), Samarqand (39,1%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (41,2%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

Shu bilan birga Qashqadaryo (- 2,2%) viloyatida o‘tgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2021 yil noyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 171,7 ming tani tashkil etdi va 2021 yilning oktyabr oyiga nisbatan 302,1 ming tranzaksiyaga (6,2%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududlarda oshgan.

2021 yil noyabrida respublikaning barcha 13 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Namangan (11,4%), Xorazm (9,8%), Buxoro (9,1%), Surxondaryo (7,7%) viloyatlari kuzatilgan. Samarqand viloyatida 0,1% gacha pasayish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2021 yilning noyabr oyida IFIning birja komponenti 1,0490 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 4,9 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining (6,2%) hamda har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha jismoniy hajmining (3,6%) oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2021 yil noyabr oyida 5 875,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,7 foizga kamaygan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2021 yil noyabr oyida 0,9797 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 2,0 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy o‘zgarib, 8,9 foizga oshgan.

2021 yil noyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2021 yilning oktyabr oyiga (585 643 birlik) nisbatan 16 365 taga kamayib, 569 275 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 6 taga kamaygan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 473 705 tadan 458 583 taga kamaygan (kamayish 15 167 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 108 893 tadan 107 698 taga (kamayish 1195 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 039 tani tashkil etib, 2021 yilning oktyabr oyiga nisbatan 6 taga kamaygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2021 yil noyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,8945 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 10,6 foizga pasaydi. Joriy yilning noyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 339 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va uning hududlarida IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

O‘zbekistan Respublikasi

1034

1,0621

1,0490

0,9797

0,8945

Jizzax viloyati

1443

1,0587

2,0000

0,9656

2,0000

Buxoro viloyati

1437

1,0908

2,0000

0,9934

1,2222

Surxondaryo viloyati

1426

1,0774

2,0000

0,9941

1,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1412

1,0560

2,0000

0,9653

1,0000

Andijon viloyati

1400

1,0422

2,0000

0,9680

0,7500

Samarqand viloyati

1391

0,9993

2,0000

0,9962

0,7222

Sirdaryo viloyati

1383

1,0547

2,0000

0,9699

0,0000

Navoiy viloyati

1356

1,0761

1,4182

0,9889

6,5000

Tashkent sh.

1131

1,0685

1,2999

0,9623

0,8364

Namangan viloyati

1094

1,1140

1,1650

0,9626

0,8750

Xorazm viloyati

1059

1,0984

1,0692

0,9869

1,0000

Toshkent viloyati

1051

1,0631

1,1113

0,9796

0,6207

Farg‘ona viloyati

1018

1,0291

0,9632

0,9859

1,8571

Qashqadaryo viloyati

978

1,0194

0,8731

0,9654

2,0000

O‘zbekiston Respublikasi va hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

O‘zbekiston Respublikasi

1273

1,2080

1,3179

1,0896

2,7787

Qashqadaryo viloyati

1554

1,1097

1,8149

1,1793

6,0000

Buxoro viloyati

1548

1,2240

1,4067

1,0328

11,0000

Tashkent sh.

1517

1,3841

1,4947

1,6240

2,5843

Navoiy viloyati

1427

1,0054

1,1243

1,0688

13,0000

Sirdaryo viloyati

1409

1,0938

2,0000

1,0284

0,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1378

0,9235

2,0000

1,0228

1,0000

Farg‘ona viloyati

1249

1,0908

1,2532

1,0720

4,3333

Jizzax viloyati

1225

1,0934

1,3725

1,0582

2,0000

Andijon viloyati

1204

1,0985

1,1419

1,0345

4,5000

Namangan viloyati

1170

1,1002

1,2443

1,0687

1,7500

Toshkent viloyati

1099

1,0333

1,1024

1,0766

2,0000

Surxondaryo viloyati

1062

1,0105

1,1053

1,0721

1,0000

Samarqand viloyati

1058

1,0089

0,9123

1,1042

3,2500

Xorezm viloyati

1047

1,0620

1,0401

1,1125

0,5000

Ruslan Abdullayev, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar