Qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasida ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovi

Qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasida ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) respublikadagi korxonalar o‘rtasida navbatdagi so‘rovnomani o‘tkazdi. Sentyabr oyida ikki o‘tkazilgan so‘rovda 1500 dan ortiq korxona ishtirok etdi.

Oylik tadqiqotlar ikki yo‘nalishda olib borilmoqda:

  • biznesning hozirgi holatini sifatli baholash;
  • tadbirkorlarning kelgusi uch oy davomida o‘z biznesni rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.

Sentyabr oyida ishbilarmonlik muhitining jamlangan ko‘rsatkichi o‘tgan oyga nisbatan 1 punktga yaxshilandi va 65 punktni tashkil etdi, bu esa mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini ijobiy deb baholaydi.

Ishbilarmonlik muhiti indikatorining dinamikasi

Ishbilarmonlik muhitidagi o‘zgarishlar tarmoq konteksida kuzatildi. Jamlangan indeksning yaxshilanishiga qishloq xo‘jaligida (74 p) va qurilishda (57 p) ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, bu avgust oyiga nisbatan mos ravishda 9 va 5 punkitga o‘sishini ko‘rsatdi.

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichining tarmoqlar bo‘yicha dinamikasi

Sanoat sohasidagi ishbilarmonlik muhiti o‘zgarishsiz qoldi (67 p). Xizmat ko‘rsatish sohasida u 4 punktga kamaydi, bu ta’til mavsumining tugashi va o‘quv yilining boshlanishi bilan bog‘liq.

Qurilish va qishloq xo‘jaligi hisobiga biznesning joriy holati ko‘rsatkichi ikki punktga (57 p.) yaxshilandi.

Biznesning hozirgi holatini yaxshi deb baholagan respondentlarning ulushi 50%ga, yomon deb qayd etgan respondentlarning ulushi esa 8%ga kamaydi. Shu bilan birga, korxonalarning 24%i o‘z xodimlari sonini ko‘paytirdi va 50%i o‘z tovarlari/xizmatlariga bo‘lgan talabning o‘sishini qayd etdi.

Kelgusi 3 oyda biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi ancha yuqori darajada (73 punkt) qolib, bu qishloq xo‘jaligi (84 punkt) va sanoat (75 punkt) sohalarida kuzatilayotgan yuqori optistik ruh bilan ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Kelgusi 3 oy ichida biznesning umumiy holatini yaxshilanishini kutayotgan tadbirkorlarning ulushi o‘zgarmadi va 73%ni tashkil etdi, 66%i tovarlar va xizmatlarga talabning yanada o‘sishini kutmoqda va 60%i esa xodimlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Tadbirkorlarning ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘sishi bo‘yicha umidlari 24%ga kamaydi.

Umuman olganda, mavjud vaziyat ko‘rsatkichlari va taxminlar o‘rtasidagi munosabatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik sub’yektlarining baholariga ko‘ra, iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendensiya keyingi 3 oy ichida davom etadi.

Barcha respondentlar orasida 53%i tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hech qanday to‘siq yo‘qligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, bir oy ichida hech qanday to‘siq yo‘qligini bildirgan qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlarning ulushi 19%ga oshdi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi sohasida suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni qayd etgan tadbirkorlar ulushi 2,5 barobar kamayib, 6%ni tashkil etdi.

Feruzbek Davletov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Tel.: (+998) 78 150-02-02 (416)
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Tel.: (+998) 78 150-32-20 (417)

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar