O‘zbekiston soliq auditining har bir qadamini avtomat tarzda qayd etib borishni boshlaydi

O‘zbekiston soliq auditining har bir qadamini avtomat tarzda qayd etib borishni boshlaydi

"Taraqqiyo strategiyasi" va "Yuksalish" umummilliy harakati tomonidan muhokama uchun e’lon qilingan Davlat dasturi loyihasida 2021 yil noyabrgacha Case Management System tizimini ishga tushirish taklif qilingan.

Yangi Case Management System tizimi soliq tekshiruvining har bir bosqichini kuzatib boradi va uning bajarilishini nazorat qiladi.

Ushbu mexanizm inson omilini butunlay yo‘q qilishi, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi va soliq tekshiruvlarida shaffoflikni ta’minlashi kutilmoqda.

Amaliy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

- soliq to‘lovchilarni segmentlash, xavflilik darajasidan kelib chiqib, inson omilini to‘liq bartaraf etgan holda, soliq nazoratini amalga oshirish imkoniyatini yaratish;

- jamoatchilik nazorati ostida nazorat tadbirlarini amalga oshirish va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, korrupsiya holatlarining oldini olish hamda soliq ma’muriyatchiligi shaffofligini ta’minlash;

- soliq auditi, kameral va sayyor soliq tekshiruvlarini “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsuli natijasi bo‘yicha tavakkalchilik toifasidan kelib chiqqan holda hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonunbuzilish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida qat’iy ravishda “tekshiruv.soliq.uz” portali orqali amalga oshirish nazarda tutiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar