300 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish, 500 ming nafar yosh va 200 ming ayolni ish bilan ta’minlash choralari ishlab chiqiladi

300 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish, 500 ming nafar yosh va 200 ming ayolni ish bilan ta’minlash choralari ishlab chiqiladi

Davlat dasturining asosiy maqsadi – yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalq farovonligini oshirishga qaratilgan.

– Bu dasturni hanuz davom etayotgan pandemiya sharoitida, global inqiroz kuchayib borayotgan murakkab bir vaziyatda amalga oshirishimizga to‘g‘ri keladi. Har qancha qiyin bo‘lmasin, 500 ming nafar yosh va 200 ming ayolni ish bilan ta’minlash hamda 300 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish lozim. Agar “mahallabay” tizimni joyiga qo‘yib, davlat idoralari dasturdagi vazifalarni qunt bilan, ilm bilan, aql bilan bajarsa, keskin o‘zgarish bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bilan birga, rivojlanishdan ortda qolayotgan 33 ta tuman va og‘ir ahvoldagi 970 ta mahallaning yo‘li, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, irrigatsiya tarmog‘ini yaxshilash, tibbiyot va ta’lim tizimidagi islohotlarni eng uzoq qishloqlargacha yetkazish zarurligi qayd etildi.

Buning uchun Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va tarmoq rahbarlari, hokimlar va sektor boshliqlari dastur ijrosini tuman va mahallaga tushib tashkil etishi, resurslardan oqilona foydalanib, tartib-intizom bilan qattiq mehnat qilishi talab etiladi.

– Rahbar ko‘p, mas’ullar ko‘p, lekin xalqning dardi bilan shug‘ullanadigan odam yo‘q. Hamma qarorlarni bajarsa bo‘ladi. Eng katta kamchilik – nazorat yo‘q, vazirlar, hokimlar o‘zini qiynamaydi, – dedi Prezident.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar