Fransiyaning “Assystem Engineering and Operation Services S.A.S” korxonasi bilan “Uzassystem” loyiha instituti tashkil etildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Energetika vazirligi boshchiligida ishlab chiqaruvchilar, ekspluatatsiya qiluvchi korxonalar hamda loyiha institutlarining yetakchi mutahassislarini jalb qilgan holda 4 ta ishchi guruh tashkil etilib, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalar, rele himoyasi va ma’lumotlar almashinuvi hamda elektromagnit moslashuvchanlik yo‘nalishidagi 700 dan ortiq standartlar ko‘rib chiqildi.
Ushbu standartlardan zamon talablariga to‘g‘ri kelmaydigan 536 tasi halqaro standartlarga almashtirish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligiga taklif kiritildi.
Shuningdek, 2021 yilda ham ushbu ishlar davom ettirilib, past kuchlanishli elektr tarmoqlari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini tarmoqqa ulash yo‘nalishlari bo‘yicha standartlar ko‘rib chiqilib zamon talablariga moslashtiriladi.
Ushbu standartlarni qabul qilinishi orqali elektr energetika ob’yektlarini loyihalash, qurish va ekspuatatsiya qilishni texnik boshqarishda sarf xarajatlarning optimallashtirilishiga hamda elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshishiga erishiladi.
Izoh qoldirish