Sirdaryo viloyatining 2022 yilning 9 oyi uchun tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichi

Sirdaryo viloyatining 2022 yilning 9 oyi uchun tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichi

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi 561,1 mln. dollar bo‘lib, shundan 60 foiz – 334,7 mln. dollar import va 40 foiz – 226,4 mln.dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida -108,3 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati bilan eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi 141,5 mln. dollar bilan Qozog‘iston bilan bo‘lib, 17,9 mln.dollar eksport va 123,6 mln.doll. importni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (97,7 mln.doll.), Rossiya (86,7 mln.doll.) va Afg‘oniston (74,9 mln.doll.) davlatlari turadi.

2022 yil 9 oyi davomida hududda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 95,9 mln dollar, sanoat mahsulotlari eksporti 81,1 mln. dollar, har xil tayyor mahsulotlar 17,8 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 10,2 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 11,6 mln.dollarni tashkil etdi.

Ushbu davrda oziq-ovqat mahsulotlari importi 129,1 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 58,6 mln. dollar, mashina va transport uskunalari importi 90,5 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari 17,3 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 20,3 mln. dollar, ni tashkil etdi.

Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 28,7 foizi Sirdaryo tumani, 21,8 foizi Yangiyer shahri, 9,3 foizi Sayxunobod va 8,9 foizi Mirzaobod tumanlaridan amalga oshirildi.

Importning 44,7 foizi Sirdaryo tumaniga va 24,6 foizi Yangiyer shahriga to‘g‘ri keladi.

Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar