2022 yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi 154,3 mln. dollar bo‘lib, shundan 66 foiz – 101,3 mln. dollar import va 34 foiz – 53 mln.dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida -48,3 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.
Jizzax viloyati tashqi savdo aylanmasi 39,8 mln. dollari Janubiy Koreya bilan bo‘lib, 39,7 mln.dollar eksport va 103,5 ming doll. importni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (33,2 mln.doll.), Turkiya (23,1 mln.doll.), Rossiya (20 mln.doll.) davlatlari turadi.
2022 yil I chorak yakunlari bo‘yicha hududda sanoat mahsulotlari eksporti 30,8 mln. dollar, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 14,3 mln dollar, har xil tayyor mahsulotlar 4,6 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 1,5 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 1,4 mln.dollarni tashkil etdi.
Ushbu davrda mashina va transport uskunalari importi 69,3 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 10,7 mln. dollar, oziq-ovqat mahsulotlari 7,9 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 7,1 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari 2 mln. dollarni tashkil etdi.
Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 31,2 foizi Jizzax shahri, 18,6 foizi Zarbdor, 9,8 foizi Zafarobod, 8,8 foizi Paxtakor, 6,6 foizi Zomin tumanlaridan amalga oshirildi.
Importning 45,9 foizi G‘allaorol tumaniga, 22,1 foizi Jizzax shahriga to‘g‘ri keladi. (Ma’lumot uchun: G‘allaorol tumanida “ADM Jizzax” avtomobil ishlab chiqarish korxonasi hisobiga import yuqori).
Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish