Xalq qabulxonasi fuqaro va davlat o‘rtasidagi ishonchli tizimga aylandi

Xalq qabulxonasi fuqaro va davlat o‘rtasidagi ishonchli tizimga aylandi

Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar va o‘zgarishlar zamirida yurt tinchligi, xalqimiz manfaati va farovonligini ta’minlash maqsadi yotadi. Shu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun yurtimizda yetarlicha qonuniy asoslar yaratilib, ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida ham “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy norma asosida mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan samarali va barqaror tizim shakllanmoqda", deya alohida ta’kidlab o‘tdi.

Bu tamoyilning amaldagi ijrosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalari faoliyatida ham ko‘rish mumkin.

Qorako‘l tuman Xalq qabulxonasi hududdagi barcha davlat tashkilotlari, fuqarolar muammolari bilan ishlaydigan rahbarlar, boshqaruv organlari bilan samarali hamkorlik qilib kelayotir. Ayniqsa hududiy sektorlar, viloyat xokimligining barcha boshqarmalari, davlat idoralari, kommunal va xizmat ko‘rsatish sohalari korxonalari, jamoat uyushmalari va tashkilotlari, jamg‘armalar doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Bu hamkorlik tuman Xalq qabulxonasiga umid bilan murojaat qilib kelgan har bir fuqaroning muammosiga yechim topishni tez va samarali hal etish imkonini bermoqda. Har bir murojaat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan qabul qilingan qonunlarda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, fuqaroga o‘z vaqtida javob berilishi ta’minlanayotir.

Fuqaro va davlatning manfaatlari, huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqligi bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Xalq qabulxonalari aynan mana manfaatlar mushtarakligida fuqaroning manfaatlari to‘g‘ri va munosib tarzda ta’minlanishida asosiy ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Shu bois bugun xalq qabulxonasi fuqarolarning davlat va uning organlari tomonidan e’tiborga olinmayotgan muammolarini hal etishda, aynan muammoga aloqador organga yetib borishida asosiy yo‘l, deyish mumkin.

Odamlarning ehtiyoj va mumammolarini hal etish jarayonida Halq qabulxonalarining ish uslublari takomillashib borayotir. Endilikda Xalq qabulxonasi faoliyatida faqat idorada o‘tirib faqarolarni qabul qilish emas, joylarga chiqib sayyor qabullarni tashkil etish, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’yektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish, hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda ishtirok etish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish amaliyoti keng o‘rin olayotir. Bu jarayonda nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashishga, ularnig muammolarini hal etishga e’tibor asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Ana shu hamkorlik samarasi o‘laroq, joriy aprel oyiga qadar Qorako‘l tuman Xalq qabulxonasiga fuqarolardan uy-joy masalasida 10 ta, moddiy yordam, turli ijtimoiy masalalarda 60 ta, kommunal soha, ta’lim, tibbiy yordam va boshqa masalalarda 110 ta murojaatlar bo‘ldi. Bu murojaatlarning 120 tasi ijobiy xal etilib, jarayondagi murojaatlarning bajarilishi nazorat qilib borilmoqda.

Misolllar:

-M.Otamurotovning oilaviy yashash sharoiti og‘irligi, oilasida nogiron farzandi borligi, yashash uyi zarar ko‘rib, yashashga yaroqsiz, xavfli, avariya holga kelib qolganligi, ushbu masalada bir necha marotaba tegishli tashkilotlarga murojaat qilganligi, ammo natija bo‘lmaganligi sababli, uy-joyini ta’mirlashga, yashash uchun xavfsiz holga keltirilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan uy-joyini ta’mirlash va qurish uchun moddiy yordam ajratilib murojaati ijobiy hal qilindi.

-A.Abdikarimov insult kasalligiga chalinganligi sababli, order olish uchun 2021 yil avgust oyida tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilsada, hech natija bo‘lmaganligi, shu sababli order olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan fuqaro tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, viloyat klinikalarida davolanishi uchun order berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

-O.Tursunovning nogironlikga chiqish uchun xujjatlarini topshirsada hozirgi kunga qadar nafaqaga chiqarilmaganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, xujjatlari rasmiylashtirilib, nogironlik nafaqasi tayinlab berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

-M.Ochilov yashash hududidagi elektr tarmoq uskunalarini (sim ustun, transformator punkti) ta’mirlash va o‘rnatish masalalari yuzasidan amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan yashash hududidagi qo‘shimcha yangi transformator o‘rnatilib, yaroqchiz sim ustunlari yangisiga almashtirilib, qo‘shimcha sim ustunlari o‘rnatilidi va tekshiruvlardan o‘tkazilib murojaati ijobiy hal qilindi.

-M.Ro‘ziyev yashash hududidagi 2 km. ichki yo‘lni shag‘allashtirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan ushbu nazarda tutilgan yo‘llar to‘liq ta’mirlab berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

- A.Nurboyevning yashash uyiga va yana to‘rt nafar qo‘shnilarini uyiga toza ichimlik suvi uchun yangi suv quvuri o‘tkazilmagan, ishlari sifatsiz shu masalada yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan ushbu nazarda tutilgan ko‘chasidagi xonadonlarning barchasi ichimlik suvi ta’minotiga ulab berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

Bunday misollar ko‘plab keltirish mumkin...

Joriy yil davomida 85 marta aholi va yoshlar bilan “Sektor rahbarlari va yoshlar”, “Hokim va yoshlar” “Muammo va yechim” kabi mavzularda uchrashuvlar va sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu tadbirlarda aholini qiynab kelayotgan muammolariga o‘z vaqtida yechim topilmoqda.

Misolllar:

- G.Jabborovaning oilaviy yashash sharoiti og‘irligi, oilasida nogiron farzandi borligi, uyning tom qismini shifer qilishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan uy-joyini ta’mirlash va qurish uchun qurilish materiallari ajratildi.

- H.Holliyevning oilaviy yashash sharoiti og‘irligi, yashash xonadoni uy-joylari yong‘in oqibatida zarar ko‘rganligi sababli, ta’mirlashga amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan uy-joyini ta’mirlash va qurish uchun moddiy yordam va qurish uchun qurilish materiallari ajratildi.

- M.Saylixonovaning jarroxlik amaliyotini o‘tkazish uchun order olish uchun yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan fuqaro tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilib, viloyat ko‘p tarmoqli markazida davolanishi uchun order berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

- J.Azimovning yashash hududidagi elektr tarmoq uskunalarini (sim ustun) ta’mirlash va yangi o‘rnatish masalalari yuzasidan amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan yashash hududidagi transformator to‘liq ta’mirlanib, yaroqchiz sim ustunlari yangisiga almashtirilib, qo‘shimcha temir sim ustunlari o‘rnatilidi va tekshiruvlardan o‘tkazilib murojaati ijobiy hal qilindi.

- G‘.Xuddayevning yashash hududidagi qishloq vrachlik punktiga olib boruvchi ichki yo‘lni ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatiga asosan ushbu nazarda tutilgan yo‘llar to‘liq ta’mirlab asfalt qilib berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

-N.Bozorovaning yashash ko‘chasiga ichimlik suvi o‘tmagan xonadonlarga ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazishni so‘rab qilgan murojaatiga asosan ushbu nazarda tutilgan ko‘chasidagi xonadonlarning barchasi ichimlik suvi ta’minotiga ulab berilib murojaati ijobiy hal qilindi.

Bunday misollar ko‘plab keltirish mumkin...

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni shakllantirish, unga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini kiritish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda ham o‘zaro hamkor tashkilotlar bilan uyma-uy yurib, xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

Ammo erishilgan natijalar bilan maqtanish emas, kelgusidagi faoliyatimiz rejalarini ham tuzish uchun muhimdir. Yurtboshimizning Konstitutsiyamizning 28 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida kelgusida “Yangi O‘zbekiston” tushunchasi va shu nom ostida dunyoga yanada tanilayotgan davlatimiz va uning yanada rivojlanishi uchun oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan eng muhim ishlarni besh yo‘nalishda keltirib o‘tdi.

Bu yo‘nalishda, albatta, Xalq qabulxonalarining zimmasida katta mas’uliyat turibdi. Endilikda biz ham bu vazifalarining bajarilishini ta’minlashda fuqaro va davlat o‘rtasida adolatli, tezkor va ishonchli tizimga aylanmog‘imiz zarur.

Avliyoqul Oqqiyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qorako‘l tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar