Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish bo‘yicha 12 ta loyihani taqdim etdi (+ ro‘yxat)

Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish bo‘yicha 12 ta loyihani taqdim etdi (+ ro‘yxat)

Poytaxt hokimligida 2021 yilda Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov joriy yilda poytaxtimizda qurilishi rejalashtirilgan bino va inshootlar, obodonlashtirilishi mo‘ljallangan bog‘, xiyobon va maydonlar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar borasida ma’lumot berdi.

Tadbirda Toshkentning qiyofasini yanada yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun qo‘shimcha xordiq chiqarish maskanlarini yaratish yuzasidan ishlab chiqilgan 10 dan ortiq loyihalar taqdim etilgani alohida muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Uchtepa tumanida barpo etilishi ko‘zda tutilgan “Istirohat” va Lutfiy bog‘lari loyihasi, Abdulla Qodiriy ko‘chasining Sebzor ko‘chasidan Shayxontohur ko‘chasigacha bo‘lgan 1,9 km qismini piyodalar uchun sayilgoh hududi sifatida tashkil etish, Gagarin monumenti (Chilonzor 3-daha) va uning atrofidagi xiyobonni qayta ta’mirlash, Botanika bog‘ini yanada ko‘rkamlashtirish, Aviatsiya bog‘ini barpo etish, Yangi Sergeli bog‘i, Ohangaron shoh ko‘chasini zamonaviy talablar asosida obodonlashtirish, “Novza” soy bo‘yi sayilgohi, Qora qamish kanali sayilgohi, Qorasu va Jun kanallari atrofida sayilgohlar tashkil etish loyihalari jurnalist va blogerlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular har loyihaning qiymati, ekologiyaga ta’siri, qurilish ishlarida nogironligi bor insonlarning talab va ehtiyojlari inobatga olingani kabi qator savollariga javob oldilar.

Anjuman davomida bu loyihalarning barchasi Toshkent ahli muhokamasiga qo‘yilishi, aholidan ular bo‘yicha fikr hamda takliflar olinganidan so‘ng, takomillashtirilishi aytib o‘tildi. Bundan so‘ng esa barcha loyihalar Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining sessiyalarida atroflicha ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanganidan keyin hayotga tadbiq etiladi.

01_Istirohat bog‘i

02_Lutfiy_bog‘i

03_Abdulla_Qodiriy_2021

04_Alisher Navoiy_kinosaroyi

05_Gagarin_xiyoboni

06_Sharof_Rashidov_O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tutash xiyobon

07_Botanika_bog‘i

08_Aviatsiya_bog‘i

09_Sergeli_1_bog‘i

10_Ohangaron_yo‘li ko‘chasini obodonlashtirish

11_Kanallarni_obodonlashtirish

12_Veloyo‘laklar_2021

Anjumanda joriy yildagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilar ekan, har bir mahalla sharoiti o‘rganilgani holda, ularda imkoniyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha avtoturargohlar, bolalar maydonchalari, work out maydonlari tashkil etilishi aytib o‘tildi. Shu bilan birga 50 dan ortiq mahallalar uchun zamonaviy mahallar idoralarini qurish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

2021 yilning Investitsiya dasturiga esa 30 ta ob’yekt kiritilgan bo‘lib, ularda ham tegishli ravishda belgilangan muddatlarda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilishi qayd etildi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar