Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichi buyicha, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10303,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan holda, o‘tgan yilga nisbatan 114,6%ga oshgan. Xizmatlar hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 2,8%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 11-o‘rinni egallagan.
YaIMdagi tarkibi esa 2022 yilda 32,7% tashkil qilib, 2021 yilga nisbatan 1,1 punktga kamaygan.
2022 yil yanvar-dekabr oylarida jami xizmatlar tarkibida savdo (25,1%), transport (22,9%) va moliya (21,1%) xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, ta’lim (5,1%), axborot va aloqa (5,1%), kompyuter, maishiy tovarlarni ta’mirlash (4%), shaxsiy xizmatlar (3,5%), ko‘chmas mulk (2,5%), yashash va ovqatlanish (2,4%), sog‘liqni saqlash (2,1%), ijara (1,9%), me’morchilik (1,6%) xizmatlarining ulushi past bo‘lgan.
Shuningdek, 2021 yilga nisbatan viloyatda barcha xizmat turlari bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichi qayd etilgan. Eng yuqori o‘sish sur’ati ta’lim (129,7%), moliya (127,4%), axborot va aloqa (123,8%) xizmatlari sohalarida kuzatilgan.
Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini hududlar kesimida solishtiradigan bo‘lsak, eng yuqori ulush Urganch shahri (36,6%), Urganch (7,6%) va Xazorasp (7,4%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xiva shahri (4,3%) va Xonqa (6,7%), Bog‘ot (5,6%), Xiva (5,5%), Shovot (5,3%), Gurlan va Qo‘shko‘pir (5,1%), Yangiariq (4,6%), Yangibozor (3,9%), To‘proqqal’a (2,2%) tumanlarining viloyat jami xizmatlardagi ulushi nisbatan past bo‘lgan.
O‘tgan yilga nisbatan viloyatning barcha hududlarida xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilgan. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Urganch shahri (118,1%), va To‘proqqal’a (117,3%) tumanida kuzatilgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar xajmi 5 307,6 ming so‘m (Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichidan 1,8 baravar kam) va o‘tgan yilga nisbatan 112,7% ga oshgan bo‘lib, hududlar orasida 11-o‘rinni egallagan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi bo‘yicha birgina Urganch shahri (4,8 baravar yuqori) viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ko‘rsatkichga erishgan. Viloyatning qolgan Qo‘shko‘pir (1,8 baravar kam) va Shovot (1,7 baravar kam) tumanlarida jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi nisbatan pastdir. O‘tgan yilga nisbatan jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmining o‘sish ko‘rsatkichi Urganch shahri (116,1%), Xiva shahri(112,8%) va To‘proqqal’a (113,6%) tumanida yuqori bo‘lgan
Izoh qoldirish