Yanvar oyida inflyasiya 0,9 foizni tashkil etdi

Yanvar oyida inflyasiya 0,9 foizni tashkil etdi

2022 yil yanvar oyida iste’mol bozorida tovar va xizmatlar o‘rtacha 0,9 foizga qimmatlashgan. Yillik ko‘rsatkichda (2021 yil yanvariga nisbatan) iste’mol sektorida narxlar o‘sishi 9,8 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Yanvar oyidagi inflyasiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan 0,1 foizga, yillik ko‘rsatkich esa 2021 yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga pastlagan.

Oziq-ovqat mahsulotlari yillik va oylik nisbatda narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Shunday qilib, 2022 yilning yanvar oyida 2021 yilning yanvariga nisbatan ularning narxlari o‘rtacha 13,1 foizga oshdi. Nooziq-ovqat mahsulotlar va pullik xizmatlar ushbu davrda mos ravishda 7,8 foizga va 6,9 foizga qimmatladi.

Oy davomida esa oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 foizga oshdi. Ushbu davrda, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 0,5 foizga, aholiga pullik xizmatlar narxlari 0,7 foizga o‘sdi.

Bu oyda an’anaviy tarzda meva-sabzavot mahsulotlari narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilik qilgan. Mevalar narxi 2021 yil oxiriga nisbatan 3,1 foizga, sabzavotlar 5,8 foizga qimmatlashgan. Go‘sht mahsulotlari esa 0,4 foizga arzonlashgan bo‘lsa, tuxum narxlari 0,9 foizga pasaygan.

Yanvar oyida eng qimmatlagan sohalardan biri restoran va mehmonxonalar xizmatlari bo‘ldi. Ushbu xizmatlar 2021 yilning dekabr oyiga nisbatan 2,3 foizga qimmatladi. Shuningdek, transport xizmatlari narxlari 0,4 foizga pastlagan.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar