Davlat statistika qo‘mitasi YaIM iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 6 oylik yakuniy natijasini e’lon qildi.
2021 yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM o‘sishi 6,2 % ga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 92,4 % ini tashkil etdi va 6,1 % ga o‘sdi (YaIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 5,7 foiz punktni tashkil etdi).
Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 7,6 % ni tashkil etdi va 7,1 % ga o‘sdi (YaIM mutlaq o‘sishiga ta’siri – 0,5 f.p.).
Faoliyat turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymatning o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:
– qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 1,8 %;
– sanoatda – 8,5 %;
– qurilishda – 0,1 %;
– xizmatlar sohasida – 8,0 %.
Izoh qoldirish