Prezident yoshlarning tadbirkorlikka qiziqishlari katta bo‘lgani bilan, ular kerakli ko‘nikmalarga ega emasligini, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, biznesdagi “risklar”ga o‘rgatish zarurligini qayd etdi.
Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun bir necha yangilik joriy qilinmoqda:
- agar korxona va kompaniyalar yoshlarni ishga qabul qilsa, korxonalarga ushbu xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi.
- “yoshlar daftari”ga kirgan talabalar korxona va kompaniyalarda amaliyot o‘taganda, ularga 500 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
- Birinchi marta ishga kirgan kasb-hunar markazlari bitiruvchilari 6 oygacha daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
- “Yoshlar daftari”ga kirgan 5 nafardan ortiq ishsizlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga davlat mulki ijarasi uchun 50 foizgacha imtiyoz beriladi.
- xodimlari sonining kamida 70 foizi “yoshlar daftari”ga kirgan yosh tadbirkorlarga davlat mulki auksionsiz beriladi va ulardan 5 yil davomida ijara haqi undirilmaydi.
- yoshlarga tadbirkorlik faoliyatiga kerakli asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha subsidiyalar beriladi.
- ijaraga bino olib biznesini boshlayotgan yoshlarga, bir yillik ijara summasining 30 foizigacha qismi qoplab beriladi.
- “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olgan yoshlarga kompyuterlar xaridi uchun “Mikrokreditbank”, “Aloqabank” va “Xalq banki” imtiyozli kreditlar ajratadi.
- “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish, bir oylik harbiy xizmatni o‘tash xarajatlari byudjetdan to‘lab beriladi.
- “yoshlar daftari”ga kirganlarga, qiziqishidan kelib chiqib, xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatining bir qismi qoplanadi.
- 1 iyuldan boshlab xususiy korxonalarda yangi ish boshlagan xodimlarni qayta tayyorlash xarajatining 1 million so‘mgacha bo‘lgan qismiga subsidiya beriladi.
- yoshlarning professional ta’lim maktablari, texnikumlarda o‘qishi uchun to‘lanadigan kontrakt summasi daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev aka-uka tadbirkorlar Hasan-Husan Mamasaidovlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yoshlarni tadbirkorlikka bepul o‘qitish tashabbusi (“Mfaktor” loyihasi)ni qo‘llab-quvvatladi. 480 ming yoshlarni onlayn platformada o‘qitayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh qoldirish