Ijaraga beruvchi yuridik shaxslarga ayrim sabablarga ko‘ra transportni ijaraga berishni rad etishi mumkin.
Hukumat qarori bilan (684-son, 16.11.2021 y.) Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin. (ilgari faqat jismoniy shaxslar nazarda tutilgan).
Ijaraga oluvchida alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi yoki o‘zgacha mastlik aniq ko‘rinib turganda ijaraga beruvchi unga transportni ijaraga berishni rad etishi mumkinligi belgilandi.
Shuningdek, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan transport tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligini “Ma’muriy amaliyot” tizimi orqali elektron tekshirishi mumkin.
Izoh qoldirish