Qurilish vazirligi qurilish kompaniyalari reytingini reyting.mc.uz onlayn portalida keltirdi.
Reyting 6 guruhdan tashkil topgan va 71 ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan mezonlarga muvofiq baholanadi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Qurilish-pudrat kompaniyasining ishonchliligini aniqlash uchun malakali mutaxassislar, moliyaviy ko‘rsatkichlar, bajarilgan ishlarning sifati, ish tajribasi, texnik baza va raqobatbardoshlik kabi yuqori sifatli qurilish mezonlari qo‘llaniladi.
DDD reytingi reytingda eng past ishonchlilik darajasi sifatida aniqlanadi va yuqori darajadagi xavfni anglatadi, ishonchlilik darajasi 7% dan 20% gacha.
AAA reytingi yuqori darajadagi ishonchlilik sifatida tavsiflanadi va minimal xavfni anglatadi, ishonchlilik darajasi 85% dan 100% gacha.
Qurilish vazirligi tahliliga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda ishonchlilik darajasi A va undan yuqori bo‘lgan birorta ham qurilish kompaniyasi mavjud emas.
Izoh qoldirish