"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Sardoba voqeasidan jabr ko‘rib, boshqa hududlarga evakuatsiya qilingan aholi holidan xabar oldi.
21 may kuni "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori fojiasi natijasida uylari suv ostida qolib, boshqa hududlarga evakuatsiya qilingan aholi holidan xabar olib, ular bilan suhbatlashdi. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram kanali orqali ma’lum qildi.
“Zamin” fondi tomonidan boshlangan ijtimoiy aksiyaga ko‘ra, falokatidan jabr ko‘rgan barcha yoshi ulug‘larga sanatoriylar uchun, bolalarga esa yozgi oromgohlar uchun bepul yo‘llanma beriladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond o‘z faoliyatini 5 ming ayolga moddiy yordam berishdan boshladi. "Zamin" fondi faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalarga qaratilgan.
Izoh qoldirish