Ziroat Mirziyoyeva: Nogironligi bor bolalarga ham boshqa bolalar kabi teng imkoniyat va sharoit yaratish o‘ta muhim masala (+video)

Ziroat Mirziyoyeva: Nogironligi bor bolalarga ham boshqa bolalar kabi teng imkoniyat va sharoit yaratish o‘ta muhim masala (+video)

19 noyabr kuni «Zamin» Xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva «Bolalarning ta’lim olish huquqlari: pandemiya davrida dolzarbligi, uzluksizligi va innovatsiyalar» mavzusidagi xalqaro veb-forumda nutq so‘zladi.

Ziroat Mirziyoyeva nogironlik endilikda tibbiy masala emas, balki birinchi navbatda inson huquqlari masalasi deya qonuniy e’tirof etilganligi va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun to‘siqlardan holi va inklyuziv muhitini yaratish orqali ularning to‘liq va sifatli ta’lim olishini ta’minlash — bola huquqlarini amalga oshirishning samarali shakllaridan biri hisoblanishini ta’kidladi.

«Shu o‘rinda nogironligi bo‘lgan bolalarni jamiyatimizning barcha jabhalariga qo‘shish, ular barcha bilan teng bo‘lishi va o‘z o‘rinlarini topishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish „Zamin“ xalqaro jamoat fondining asosiy maqsad va vazifalaridan biri ekanligini alohida ta’kidlamoqchiman. Global miqyosdagi ushbu inqirozli vaziyat bolalarning sifatli, uzluksiz va inklyuziv ta’lim olishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya tufayli, hanuzgacha sayyoramizda maktab o‘quvchilarining uchdan bir qismi an’anaviy ta’lim olish imkoniyatiga qayta olmayapti. Bu juda achinarli albatta. Ammo bugungi kunda ushbu muammoni onlayn o‘quv kurslari orqali qisman hal qilinishiga erishilyapti. Lekin nogironligi bo‘lgan bolalar ta’limi masalasi esa hanuzgacha juda achinarli ahvolda qolmoqda. Har bir bola noyob va o‘ziga xosdir. Bolalar har xil bo‘lganligi bilan ularning huquqlari teng bo‘lishi lozim. Shu sababli, ta’lim jarayonlarida har bir bola uchun individual yondashuvni topish, hech bir o‘g‘il va qizni e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur!», dedi Ziroat Mirziyoyeva.

«Zamin» Xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi nogironligi bor bolalarga ham boshqa bolalar kabi teng imkoniyat va sharoit yaratish, ularning barcha huquqlarini ta’minlash o‘ta muhim masala ekanligini ta’kidladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar