Yakuniy imtihonlar bekor qilinishida ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslari inobatga olingan.
Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslari inobatga olinib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
"Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi", dedi vazir.
Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish