Zamonaviy yagona maktab formasini tayyorlanish jarayonlari va tafsilotlari (+foto)

Zamonaviy yagona maktab formasini tayyorlanish jarayonlari va tafsilotlari (+foto)

Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini tayyorlanishi bilan bog‘liq jarayonlar tafsilotiga bag‘ishlangan press-tur tashkil etdi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda Namangan shahridagi “Dashtbog‘” kichik sanoat zonasida o‘tkazilgan ushbu press-tur tadbirlarida qator markaziy va hududiy OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda maktab formalarini barcha umumta’lim muassasalari o‘quvchilariga birdek joriy etish zarurati, jarayonlarning amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek, ularning sifat ko‘rsatkichlari va belgilangan standart normalari xususida ishtirokchilarga atroflicha javob berib o‘tildi.

Qayd etilganidek, Hukumatning qaroriga binoan joriy o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun yagona maktab formasini to‘liq joriy etish belgilangan.

Shunga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda olib borilgan o‘rganishlar natijasida 2022-2023 o‘quv yilida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 6 mln. 620 ming o‘quvchi uchun maktab formasiga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligi aniqlangan.

“Dashtbog‘” kichik sanoat zonasida hududidagi qator to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishish jarayonida jurnalistlarning maktab formalarini tayyorlash bilan bog‘liq savollarga vazirlik hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berib o‘tildi.

Maktab formalarini tez fursatda tayyorlash maqsadida Uyushma tomonidan respublikamizdagi mavjud to‘qimachilik korxonalarining salohiyati va imkoniyatlari o‘rganib chiqildi hamda 500 dan ortiq turli ish hajmiga ega ishlab chiqarish korxonalari tanlab olindi. Ayni vaqtda Namangan viloyatidagi 276 ta shu kabi tikuvchilik markazlarida maktab formalarini tayyorlash ishlari tashkil etilgan.

Press-tur davomida maktab formalarining belgilangan standartlar asosida tayyorlanishi, matolar sifati, bichimi, rangi, tikilish uslublari, maktab formalarining turli yosh, bo‘y va vaznga ega o‘quvchilarga mosligi xususida ishtirokchilarga jonli misollar yordamida zarur ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ayni vaqtda mazkur toifa kiruvchi oilalarda yashovchi bolalarni maktab formalari bilan ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Buning uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra aniqlangan 400 000 dan ortiq ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun maktab formalari mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishi rejalashtirilgan.

Yuqorida keltirib o‘tilgan Hukumat qarori asosida belgilangan, joriy yilning 10 avgustdan boshlab tuman va shahar markazlaridagi aholiga qulay joylar hamda maktab yarmarkalarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalari tashkil etish maqsadida hozirda kerakli barcha choralar amalga oshirilmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar