O‘zbekiston maktabgacha yoshdagi bolalar va 1-sinf o‘quvchilarini grippga qarshi emlash uchun Rossiyaning «Grippol Plyus» vaksinasidan 2 million doza xarid qildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vaksina barcha maktabgacha yoshdagi bolalar va 1-sinf o‘quvchilarini bepul markazlashgan holda emlash uchun mo‘ljallangan. Buning uchun respublika bo‘yicha 2753 ta emlash punktlari tashkil etilgan.
«Vaksina deyarli hech qanday nojo‘ya ta’sir va kontrendikatsiyaga ega emas. U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan joriy mavsum uchun tavsiya etilgan virus shtammlarini o‘z ichiga oladi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, grippga qarshi immunitet emlashdan taxminan 14 kun o‘tgach shakllanadi va mavsum davomida grippdan himoya qiladi.
Izoh qoldirish