O‘zbekiston oltin zaxirasiga ega davlatlar ichida nechinchi o‘rinda turibdi?

O‘zbekiston oltin zaxirasiga ega davlatlar ichida nechinchi o‘rinda turibdi?

Germaniyaning dunyo qimmatbaho metallar va xom-ashyo bozoriga ixtisoslashgan Goldseiten.de internet-sahifasida mamlakatlarning oltin zaxiralari bag‘ishlangan World Gold Council (Jahon oltin kengashi) hisoboti to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Jahon oltin kengashining 2020 yil 1 iyundagi hisobotiga ko‘ra, 335,9 tonna oltin zaxirasiga ega O‘zbekiston dunyoda 17-o‘rinda turibdi. Bu mamlakat valyuta zaxirasining 59,1 foizini tashkil etadi, deyiladi hisobotda. Undan keyingi o‘rinda Saudiya Arabistoni (323,1 tonna, 3,4 foiz).

Hisobotda birinchi o‘rinni AQSh egallab turibdi - 8 133,5 tonna, ikkinchi o‘rinda - Germaniya (3 363,6 tonna), uchinchida esa - Xalqaro valyuta jamg‘armasi (2 814,0 tonna).

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar