Umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi tayyorlandi

Umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi tayyorlandi

Umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

Hujjatda, jumladan, 2020 yil oxiriga qadar quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:

  • bir qator soliq imtiyozlarini uzaytirish;
  • yollanma ishchilar sonini ko‘paytirish;
  • umumiy ovqatlanish yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish;
  • umumiy ovqatlanish va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning ish vaqtini 24 soatgacha uzaytirish va boshqalar.

Tashkilotga restoran biznesi va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlar ushbu sohani qo‘llab-quvvatlash uchun inqirozga qarshi choralar ko‘rishga yordam berish bo‘yicha murojaat qilishgan.

Hozirda loyiha tadbirkorlar va SSP jamoat ekspertizasi ishchi guruhi takliflarini hisobga olgan holda takomillashtirilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar