“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan summalari tasdiqlandi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar ko‘p yillar mobaynida qat’iy belgilangan soliq to‘lab kelishdi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida bunday soliq bo‘lmaydi – uni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShDS) almashtiradi. 100 mln so‘mgacha aylanmaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar, qonun loyihasida nazarda tutilganidek, tanlash huquqiga ega bo‘ladilar: uni belgilangan stavka bo‘yicha yoki qat’iy belgilangan summa bilan to‘lash.
Bunda 2020 yil uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalari YaTTning talay faoliyat turlari bo‘yicha sezilarli pasaytirilgan. Masalan, Toshkent shahrida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qiluvchilar 25% kam, dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar – 37,5% kam, gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar – 2 baravar kam to‘laydilar. Poytaxtda maishiy xizmatlar ko‘rsatuvchi YaTT uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalari 28,6%ga kamayadi.
Umuman, 2020 yilga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalari quyidagi ko‘rinishga ega:
№ | Faoliyat turi | Qat’iy belgilangan bir oylik summa (so‘mda) | |||
Toshkent sh. | Nukus shahar va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar | boshqa shaharlar | boshqa aholi punktlari | ||
1 | Chakana savdo: |
|
|
|
|
oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan | 750 000 | 600 000 | 300 000 | 200 000 | |
dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan | 250 000 | 150 000 | 100 000 | 50 000 | |
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan | 250 000 | 150 000 | 100 000 | 50 000 | |
2 | Maishiy xizmatlar | 250 000 | 150 000 | 100 000 | 50 000 |
3 | Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari, qurtni tayyorlash va sotish hamda milliy non, patir, popkorn, frezerda muzqaymoq, salqin ichimliklar, ayron, go‘ja, salatlar, tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish | 225 000 | 150 000 | 75 000 | 50 000 |
4 | Bolalar o‘yin avtomatlari | 225 000 | 150 000 | 100 000 | 50 000 |
5 | Boshqa faoliyat turlari | 225 000 | 150 000 | 100 000 | 50 000 |
6 | Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari: |
| |||
3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun | 150 000 | ||||
3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun | 225 000 |
Bunda jismoniy shaxs:
a) bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullangan taqdirda, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida soliqning qat’iy belgilangan summasini to‘laydi;
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak;
v) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, soliqning qat’iy belgilangan summasini ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda to‘laydi.
g) I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar, faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qat’iy nazar, qat’iy belgilangan summaning 50%ini, biroq BHMning 50%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi.
Izoh qoldirish