O‘zbekistonda soliq tushumlari taqsimlandi

O‘zbekistonda soliq tushumlari taqsimlandi

“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qaroriga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:

Byudjet tashkilotlari bo‘yicha:

  • byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga – 99,2 foiz;
  • Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga – 0,4 foiz;
  • O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 0,4 foiz;

Boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:

  • byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga – 98,4 foiz;
  • Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga – 0,8 foiz;
  • O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 0,8 foiz.

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun:

  • – foyda solig‘i stavkalari belgilandi;
  • – yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi oltin, palladiy va kumush uchun 20 foiz va mis bo‘yicha 15 foiz miqdorida belgilandi.

O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlarga qonunchilikda OTMlar uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qo‘llaniladi va 2020 yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy soliqning 12 foizlik stavkasi tatbiq etiladi.

Qaror bilan, shuningdek, foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati tasdiqlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar