1 iyuldan davlat tashkilotlari avtomobillari raqamlari o‘zgaradi

1 iyuldan davlat tashkilotlari avtomobillari raqamlari o‘zgaradi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi.

Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga «DAV» seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari beriladi.

Davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda, chap tomonda — hududning kodi, o‘ng tomonda — O‘zbekiston bayrog‘i va «UZ» harflari bo‘ladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar