"Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-sonli Prezident farmonida “O‘zshahar qurilish invest” IKga 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylarni realizatsiya qilishda 2020 yil 1 iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish belgilangan edi. Ushbu muddat o‘z yakuniga yetmoqda.
Uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki to‘liq o‘z yonidan to‘lash orqali xonadon qiymati "O‘zshahar qurilish invest" IK ga to‘lab berilmasa, uy-joylar narxiga 15% qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu talab uy-joylarni o‘z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka kreditlari ajratilgan fuqarolarga taalluqli emas.
Izoh qoldirish