1 martdan nimalar o‘zgardi?

1 martdan nimalar o‘zgardi?

Boshqa hududga borib ishlaydigan o‘qituvchi-pedagoglarga ustamalar to‘lanadi

“Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan ta’lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi.

Tadbirkorlarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatishga ruxsat beriladi

“Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida 2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish huquqi beriladi.

Ayrim ta’lim tashkilotlari xalq ta’limi sohasidagi xodimlarning malakasini oshiradi

2021 yil 1 martdan pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlariga xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning malakasini oshirish huquqi beriladi.

Aliment majburiyatlarini bajarish aliment majburiyatlarni ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi

Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i bilan integratsiya qilinadi.

Tadbirkorlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishi mumkin

“Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan tadbirkorlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishi mumkin.

Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanadi

Ijro hujjatlarida majburiy tartibda qarzdor-jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston fuqarosi hisoblanmagan jismoniy shaxs bo‘yicha – shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek, qarzdor – yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi.

Ikki qavatdan yuqori bo‘lgan bino va inshootlar ularning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan holda quriladi

2021 yil 1 martdan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ob’yektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni saralab yig‘ish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

“Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish” davlat korxonasi Toshkent shahar hokimligi tizimiga o‘tkaziladi.

Bir qator davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirishga ruxsat beriladi

O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi.

Kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining 2023 yil 1 martga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibini joriy qilinadi.

Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlarni jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etishga ruxsat beriladi

Tajriba tariqasida, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadbirkorlarni jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etishga ruxsat beriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar