15 dekabrdan valyuta kurslari ko‘tarildi
Markaziy bank 15 dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada barcha valyutalar kursida o‘sish kuzatilgan.
Markaziy bank bergan xabarga ko‘ra, 15 dekabrdan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 20,05 so‘mga ko‘tarilib, 10 463,86 so‘mni tashkil qildi. Yevro 14,88 so‘mga ko‘tarilib, 12 671,88 so‘m bo‘ldi.
Izoh qoldirish