2020 yil 15 maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda: 
 “Qizil” toifadagi hududlarda:
  - yakka tartibdagi hunarmandchilik;
  - avtomobillarga va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  - elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta’mirlash;
  - ijara va lizing xizmatlari;
  - buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko‘rsatish
  
 “Sariq” toifadagi hududlarda “qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:
  - rieltorlik faoliyati;
  - reklama va marketing faoliyati;
  - xususiy bandlik agentliklari faoliyati;
  - mehmonxonalarga o‘z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;
  - park va istirohat bog‘lari (attraksionlar, ko‘ngilochar ob’yektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bog‘lariga kirish karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda soat 09-00 dan 20-00 ga qadar 2 nafar shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi.
  
 “Yashil” toifadagi hududlarda “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:
  - ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingohlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  - kompyuter (skaner, nusxa ko‘chirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;
  - muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  - veterinariya xizmatlari;
  - binolarga xizmat ko‘rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.
  
                                                                                     
                                            
Izoh qoldirish