Joriy yil Yoshlar ittifoqiga 200 milliard so‘m ajratildi
Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining mas’ul xodimi Muzaffar Akramovning XPK yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ishsizlik muammosi O‘zbekiston yoshlarni qiynayotgan eng katta muammodir. O‘zbekistonda tahminan 700 000 yosh ishsiz hisoblanadi. Bu umumiy O‘zbekiston yoshlarining 14, 9 foizni tashkil etadi.
"Yoshlarga oid siyosat bilan faqat Yoshlar Ittifoqi ishlamaydi. Hammamiz birlashib, bir yoqadan bosh chiqargan holda, yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim".
Joriy yil 200 milliard so‘m mablag‘ Yoshlar Ittifoqiga ajratildi. Ularning 100 milliardi yoshlar uylarini qurishga yo‘naltirilgan. Qolgan mablag‘ning katta miqdori Yoshlar Ittifoqining tadbirlarini tashkillashtirishga yo‘naltirilmoqda.
Izoh qoldirish