2021 yil yakunlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida sanoat ko‘rsatkichlari

2021 yil yakunlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida sanoat ko‘rsatkichlari

2021 yilda Qashqadaryo viloyatida 18 741,1 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 115,3% (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha respublika hududlari orasida 4-o‘rin)ga oshgan.

Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 4,1% (2020 yilda 4,0%)ni tashkil qilgan va hududlar orasida 8-o‘rin (2020 yilda 8-o‘rin)ni egallangan.

Sanoat mahsulotlarining 26,3%i (2020 yilda 34,6%) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi - 10,8%, ishlab chiqarish sanoatining ulushi - 64,9%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi - 23,5%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,8%ni tashkil qilgan.

2021 yilda viloyat ishlab chiqarish sanoatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish - 33,2% (2020 yilda 27,0%), kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish - 30,5% (2020 yilda 28,9%) ulushi ortgan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 24,8% (2020 yilda 28,0%) va kiyim ishlab chiqarish -4,2% (2020 yilda 5,0%) hajmi pasaygan.

Viloyat hududlari kesimida 2021 yilda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 2020 yilga nisbatan Kasbi (163,9%), Nishon (146,3), Qarshi (130,9%), Mirishkor (128,2%), G‘uzor (110,7%), Chiroqchi (104,5%), Dehqonobod (103,1%), Qamashi (102,5%), Koson (100,6%), Yakkabog‘ (100,3%) tumanlarida va Qarshi (118,4%), Shahrisabz shaharlarida (100,2%) oshgan.

Shahrisabz (98,7%), Kitob (98,3%), Muborak (87,5%) tumanlarida esa pasayish tendensiyasi kuzatilgan.

Viloyat sanoatida Nishon (viloyat sanoatidagi ulushi 24,8%), G‘uzor (18,1%) tumanlari va Qarshi shahri (16,1%)ning ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, Yakkabog‘ (3,0%), Shahrisabz (2,6%), Qamashi (2,5%), Mirishkor (2,3%), Kitob (2,0%) tumanlari hamda Shahrisabz shahri (1,8%)ning ulushi past bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishida tuman (shaharlar) ulushi

Jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi viloyat bo‘yicha 5 558,1 ming so‘mni (Respublika ko‘rsatkichidan 2,3 baravar past, hududlar orasida 12-o‘rin) tashkil qilgan holda 2020 yilga nisbatan 113,1%ga oshgan.

Nishon (viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmiga nisbatan 5,3 baravar), G‘uzor (2,9 baravar), Muborak tumanlari(1,19 baravar)da va Qarshi shahri(1,93 baravar)da jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori.

Kasbi (viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmiga nisbatan 98%), Dehqononbod (84%), Qarshi (70%), Mirishkor (63%), Koson (2,0 baravar), Shahrisabz (2,6 baravar), Chiroqchi (3,0 baravar), Qamashi (3,2 baravar %), Kitob (4 baravar) tumanlari va Shahrisabz shahrining (2,2 baravar), ko‘rsatkichi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan past.

Tuman (shahar)larda jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari xajmi

Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi sanoat mahsulotlari hajmi bo‘yicha 2020 yilga nisbatan Kasbi (160,5%), Nishon (143,0%), Qarshi (127,8%), Mirishkor (125,7%) tumanlari va Qarshi shahri (116,7%)da yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari ta’minlangan.

Shahrisabz shahri (98,9%), Yakkabog‘ (98,8%), Koson (98,3%), Shahrisabz (97,4%), Kitob (96,9%) va Muborak (85,6%) tumanlarida pasayish kuzatilgan.

Anvar Qobilov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Qashqadaryo filiali Sektor mudiri


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar