2021 yilda 7,5 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilmoqda

2021 yilda 7,5 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda yil yakuni bo‘yicha jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi avvalgi yildagiga nisbatan oshib, 6,6 milliard dollarga yetishi va eksport ko‘rsatkichi 15,1 milliard dollar miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Dunyoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdorining 40 foizga pasayishi va 2020 yilda jahon savdosi hajmining 25 foizga kamayganiga qaramay, mamlakatda yirik investitsiya loyihalar ishga tushirilgan.

«Kelgusi yilda 7,5 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini 17 milliard dollarga yetkazish rejalashtirmoqda. Bunda ustuvor soha eng yuqori iqtisodiy samaraga ega bo‘lgan iqtisodiyot sohasi bo‘ladi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Buning uchun milliy eksportchilar bilan ishlashda quyidagi yo‘nalish kuchaytiriladi:

  • eksportdan oldin moliyalashtirish,
  • mahalliy tovarlarni xalqaro elektron tijorat saytlarida joylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • o‘zbek brendlarini jahon bozorlariga olib chiqish.

Eslatib o‘tamiz, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar–iyun oylarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 milliard dollarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 3,2 milliard dollarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 1,6 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qilgandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar