2021 yilda Davlat byudjetidan ta’lim, fan va sog‘liqni saqlash sohalariga qancha mablag‘ ajratilishi kutilmoqda

2021 yilda Davlat byudjetidan ta’lim, fan va sog‘liqni saqlash sohalariga qancha mablag‘ ajratilishi kutilmoqda

2020 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari hamda xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitalarining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining dastlabki tarzdagi muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, 2021 yilda yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati 5,1 foizni tashkil etishi nazarda tutilib, bunda sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,8 foiz, qurilish 6,5 foiz, qishloq xo‘jaligi 2,7 foiz, xizmatlar 6,4 foiz, chakana savdo aylanmasi 5,6 foiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 17,9 foiz, tovarlar va xizmatlar eksporti 8,4 foiz, import 8,6 foiz oshishi kutilmoqda. Bunda tashqi savdo aylanmasining 8,1 foizga oshishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, majlisda 2021 yilgi Davlat byudjetining 2021 yilgi daromadlari 147,0 trln. so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotning 21,3 foiz miqdorida, xarajatlari esa 165,6 trln. so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,0 foizni tashkil etishi prognoz qilinganligi qayd etildi.

Davlat byudjetining 2021 yilgi prognozida ta’lim, sog‘liqni saqlash va fanni yanada rivojlantirish uchun 55,4 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlariga muvofiq iqtisodiyot, ijtimoiy soha, transport-kommunikatsiya, texnik-muhandislik, energetika va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturlari va tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 2021 yilda 44,5 trln. so‘m mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, 2021 yilda Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, xususan, uzluksiz ta’lim tizimini va fanni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Davlat byudjetidan ta’lim sohasiga 2197 mlrd. so‘m, fanga 168 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlashga 3952 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar