2021 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 305 mln dollar ajratilgan

2021 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 305 mln dollar ajratilgan

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga 1 trln. 407 mlrd. so‘m, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga 1 trln. 412 mlrd. so‘m yo‘naltirilgan.

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank departamenti direktori o‘rinbosari Muxtor Shonazarov ma’lum qildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2021 yilda 135 mingta loyihaga jami 3,2 trln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobarga ko‘p.

Ajratilgan kreditlarning 578 mlrd. so‘mi (18%) yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga, 2,6 trln. so‘mi (82%) o‘zini-o‘zi band qiluvchi jismoniy shaxslarga yo‘naltirilgan.

Mazkur mablag‘larning 1 trln. 407 mlrd. so‘mi xotin-qizlar tadbirkorligini, 1 trln. 412 mlrd. so‘mi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning 1,7 trln. so‘mi qishloq xo‘jaligi, 900,0 mlrd. so‘mi ishlab chiqarish va 650 mlrd. so‘mi xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan.

Dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun joriy yilda ajratilishi ko‘zda tutilgan 9 trln. so‘m mablag‘larning kamida 1 trln. so‘mi hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadlariga ajratilishi rejalashtirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar