2021 yilning 1-choragida tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari uchun 500 mln. AQSh doll. ekvivalentida kredit ajratilgan

2021 yilning 1-choragida tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari uchun 500 mln. AQSh doll. ekvivalentida kredit ajratilgan

2021 yilning birinchi choragida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 12,2 trln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

Bu haqda 27 aprel AOKAda hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Qayd etilishicha, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash uchun joriy yilning birinchi choragida qariyb 93 mingta loyihaga jami 12,2 trln. so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.

Shu bilan birga, xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining qariyb 3 700 ta loyihasini moliyalashtirish uchun 500 mln. AQSh doll. ekvivalentida kredit mablag‘lar ajratilgan.

Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni davlat kafolatisiz jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 400 mln. AQSh doll. miqdorida kreditlar ajratilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar