“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin

“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin

Hukumat qarori (145-son, 31.03.2022 y.) bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi habar qilmoqda.

Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

- ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
- tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
- uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
- qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun xotin-qizlarga 33 mln so‘mgacha 14 foizlik kreditlar:

- oilaviy tadbirkorlik uchun – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
- chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
- bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

Ayollarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

Mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan “Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar