2022 yilning 1-yarim yilligida Andijon viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmi 13 754,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos oylariga nisbatan 2,7%ga o‘sgan.
Viloyatda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlar 8239,6mlrd. so‘m, chorvachilik mahsulotlari 5072,3mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan mos ravishda 2,1% va 3,6%ga o‘sgan.
Viloyatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha Asaka (1 539,1 mlrd. so‘m) va Jalaquduq (1 315,6 mlrd. so‘m) tumanlarining ulushi yuqori ekanligi qayd etilgan.
Yuqori o‘sish sur’atlari Xo‘jaobod (105,4%) va Paxtaobod (105,0%) tumanlarida qayd etilgan.
Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 4 207,9 ming so‘mni tashkil etgan.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 78,7 ming tonna tirik vaznda go‘sht, 348,9 ming tonna sut, 300,0 mln. dona tuxum yetishtirilgan.
Shuningdek, 4 062,1 tonna baliq ovlangan, 759 tonna jun, 3 115,2 tonna pilla va 319,5 tonna asal yetishtirilgan. Jami 519,4 ming tonna don va dukkakli ekinlar, 186,9 ming tonna kartoshka, 578,3 tonna sabzavotlar, 22,4 ming tonna poliz, 244,6 ming tonna mevalar va rezavorlar hamda 1,5 ming tonna uzum yetishtirilgan.
Viloyatda asosiy baliq yetishtirish Ulug‘nor (2 050,8 tonna) va Marhamat (646,0 tonna) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh qoldirish