2022 yil III chorak bo‘yicha Xorazm viloyatida sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

2022 yil III chorak bo‘yicha Xorazm viloyatida sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

2022 yil III chorakda Xorazm viloyatida 13 136,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish suratlari 115,9 foizga oshgan, Respublikadagi ulushi 3,4%ni (9-o‘rin) tashkil etadi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 6,8 mln. so‘mni (7-o‘rin), o‘sish suratlari 114,0% ni tashkil etdi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 14,6%ni tashkil etdi va 2021 yil III chorakka nisbatan 3,2 punktga ortgan.

Urganch. sh (15,6 mln. so‘m) va Tuproqqal’a (119,8 mln. so‘m), Yangibozor (4,7 mln. so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori hamda Xiva (1,1 mln. so‘m), Qo‘shko‘pir (1,5 mln. so‘m) va Xazorasp (1,7 mln. so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Tuproqqal’a tumani (viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmining 53,6%), Urganch shahri (17,5%), Urganch (4,8%) va Shovot (3,7%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 2 123,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 16,2% (2021 yilda 23,5%) ni tashkil etdi.

Shuningdek, sanoat mahsulotlari tarkibida ishlab chiqaridigan sanoatining ulushi – 96,4%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi -3,0%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,7%, tog‘-kon sanoat va ochiq konlarni ishlash ulushi – 0,007%ni tashkil qilgan.

Ishlab chiqarish sanoatining tarkibida avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish ulushi - 39,7%, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish - 23,4%, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish - 20,9% va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlar ulushi – 16,0% ni tashkil etgan.

Shuningdek, ishlab chiqaradigan sanoatda paxta tolasi (126,8%) hamda yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillarsiz) (124,4%) ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshgan bo‘lsa, xo‘jalik sovuni (50,1%) va o‘simlik yog‘i (47,0%) ishlab chiqarish hajmlarida kamayish kuzatilgan.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 340,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan 126,2%ni, uning jami sanoatdagi ulushi 63,5%ni tashkil etdi.

Sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 4 751 taga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 16,9%ni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 109 ta loyiha bo‘yicha 369,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 6,5 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.

Saliy Ilyasov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar