Infografika: 2022 yil yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi

Infografika: 2022 yil yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi

2022 yil yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida xizmatlar hajmi 5 029,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2021 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 12,5 foizga oshgan.

2022 yil yanvar-dekabr oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 27,7 foizni tashkil etgan.

2022 yil yanvar-dekabr oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush moliyaviy xizmatlar (31,8%), savdo (24,9%) va transport (13,2%), xizmatlarga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,6%), boshqa xizmatlar (4,9%), ta’lim xizmatlari (4,3%), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (2,8%) va ijara (2,6%) egallagan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2021 yilning shu davriga nisbatan 2022 yil yanvar-dekabr oylarida barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Boshqa xizmatlar 44,5%, ijara xizmatlari 39,6%, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 25,6%, moliyaviy xizmatlar 15,8%, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 14,4%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 11,8%, sog‘liqni saqlash 10,6%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 7,2%, kompyuterlar, uy jihozlari, shaxsiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari 6,9%, savdo xizmatlari 5,8%, turar joy va ovqatlanish xizmatlari 5,4%, transport xizmatlari 5,4%, ta’lim xizmatlari 1,5%ga oshgan.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 45,1% Guliston shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sirdaryo (13,5%), Yangiyer shahri (7,9%) va Boyovut (7,1%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ammo, hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida Shirin (1,4%), Oqoltin (3,1%) va Sardoba (3,8%) tumanlarining o‘rni juda kam.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Boyovut (131,2%), Xovos (114,7%) va Guliston (114,7%) tumanlarida kuzatilgan.

Elyor Pulatov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi,
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi.
Tel: +99897-524-58-46

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar