2022 yil yanvar-sentyabr oylarida Jizzax viloyatida xizmatlar hajmi 5 844,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2021 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 14,7%ga oshgan.
2022 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 30,1%ni tashkil etgan.
2022 yil yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush savdo (29,2%), moliyaviy (27,3%) va transport (14,5%), xizmatlarga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni ta’lim xizmatlari (5,0%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,0%) va turar joy va ovqatlanish xizmatlari (3,0%) egallagan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2021 yilning shu davriga nisbatan 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlaridan (-0,5%) boshqa barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi:
- Ijara xizmatlari 36,1%,
- moliyaviy xizmatlar 27,2%,
- aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 22,1%,
- ta’lim xizmatlari 11,8%, savdo xizmatlari 11,2%,
- boshqa xizmatlar 10,7%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 10,3%,
- turar joy va ovqatlanish xizmatlari 10%,
- ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 6,4%,
- kompyuterlar, uy jihozlari, shaxsiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari 5,5%,
- transport xizmatlari 5%,
- me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 3,4% ga oshgan.
2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 41,3% Jizzax shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sh.Rashidov (13,3%), G‘allaorol (8,3%) va Zomin (8,3%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida Yangiobod (1,0%), Zafarobod (1,8%) va Arnasoy (1,9%) tumanlarining o‘rni juda kam.
2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Do‘stlik (119,4%), Baxmal (119,2%) va Mirzacho‘l (118,2%) tumanlarida kuzatilgan.
Izoh qoldirish